Braziliyalik model “Miss bum-bum” tanlovida g‘olib bo‘ldi - foto

Braziliyalik Playboy modeli Syuzi Kortez xalqaro “Miss bum-bum” tanlovida g‘olib bo‘ldi. Tanlovda 10 ta mamlakatdan kelgan model ishtirok etdi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Braziliyalik Playboy modeli Syuzi Kortez “Miss bum-bum” tanlovida g‘olib bo‘ldi. RIA Novosti xabariga asosan.

Kortez 2015-yilda bu tanlovda g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Tanlov Mexiko shahrida dushanba kuni o‘z yakuniga yetdi. Ikkinchi o‘ringa fransiyalik model Rayan Laure Souzga, uchinchi o‘ringa esa Buyuk britaniyalik model Jessika Lopes loyiq deb topildi.

Bu yil tanlov ilk bor xalqaro miqyosga chiqdi. Ilgari tanlov faqat Braziliyada o‘tkazib kelingandi. Hozir esa Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Meksika va Avstraliyadan kelgan modellar qatnashdi.