Zlatan Ibragimovichning chellenjiga Habib javob qaytardi

Zlatan Ibragimovich "Matritsa" uslubida chellenj e’lon qildi - Habib unga birinchilardan bo‘lib javob qaytardi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen - Sputnik. UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov “Los-Anjelos Gelaksi” jamoasining hujumchisi, futbolchi Zlatan Ibragimovichning chellenjiga (chaqirig‘iga) javob berdi.

“Bu nomer 1. Mutlaq safsata”, - deyilgan yakkakurashchi javobida.   

Biroz oldin shvetsiyalik mashhur futbolchi Zlatan Ibragimovich o‘ziga xos fleshmob e’lon qilgan edi. U yerda turgan to‘pni oyoqlari bilan ko‘tarib ko‘kragi ustida to‘xtatib oladi. Keyin orqaga egilib ushlab turadi. Sekinlashtirib olingan videoda Zlatanning harakatlari “Matritsa” filmi qahramoni Neoning o‘qlarga chap berishiga o‘xshab ketadi.

Ibragimovich ushbu chellenjni bir necha kishiga yo‘llagan. Ular orasida futbolsi Pol Pogba, tennischi Novak Djokovich va o‘zining sport agenti Mino Rayolelar bor.