TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. Bugun Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Facebook'da post yozdi.
Unda aytilishicha, Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan nutqi 2 kundan buyon jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilib kelinmokda.
"Muhokamalar jarayonida Sh.G‘aniyevning xatti-harakatlari keng omma orasida salbiy e’tirozlarga sabab bo‘lmokda. Shu munosabat bilan ushbu holat yuzasidan bugun Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilaman", - deb yozilgan postda.