Jennifer Lopes va Aleks Rodriges unashtiruv marosimini nishonladi – foto

AQShning Los-Anjeles shahrida xonanda Jenniyer Lopes va sobiq beysbolchi Aleks Rodrigesning unashtiruv marosimi o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. Los-Anjelesda xonanda va aktrisa Jennifer Lopes va sobiq beysbolchi Aleks Rodrigesning unashtiruv marosimi o‘tkazildi, deb ma’lum qildi People nashri.

“Kuni kecha oila va yaqin do‘stlarimiz bilan ajoyib bayramni o‘tkazdik”, - deb yozgan Lopes Instagram sahifasida.

Bu yil mart oyida 50 yoshli Jennifer va 44 yoshli Aleks unashtiruvi haqida e’lon qilingandi.

Lopes avvalgi turmushdan egizak farzand (Maksimillian Devid va Emma Meribel), Rodrigesda  esa ikkita qiz farzand (Ella Aleksandr va Natasha Aleksandr) bor.