Energetika vazirligi kriptovalyutachilar uchun elektr narxini 3 baravar oshirmoqchi

Energetika vazirligi kriptovalyutachilardan 3 baravar ko‘proq to‘lov olmoqchi. Ayrimlar buni "oltin tuxum qo‘yadigan tovuqdan sho‘rva pishirishga" o‘xshatdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekistonda kriptovalyuta biznesi bilan shug‘ullanayotgan maynerlar elektr uchun uch baravar qimmat to‘laydi. Bu haqida Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qaror loyihasida aytib o‘tilgan.

Venesuela milliy valyutasini kriptovalyutaga bog‘ladi

“Kriptovalyuta va mayning bilan shug‘ullanayotgan foydalanuvchilar, ulangan quvvatdan qat’iy nazar elektr energiyasi uchun belgilangan tarifga - 3,0 miqdorida oshiruvchi koefitsent qo‘llangan holda to‘laydi”, - deyilgan yangi qaror loyihasida.

Yangi qonun ostida qoldirilgan izohlarga ko‘ra, O‘zbekistonda kriptovalyuta sohasi juda sust rivojlangan. Lekin ushbu ish bilan shug‘ullanayotgan bir-ikkita entuziastlar bor. Ular ulkan katta resurs yoki investitsiya talab qilmagan holda, Respublikaga valyuta kiritishi mukin.

Kriptovalyutachilarni qo‘llab-quvvatlab, sonini ko‘paytirish o‘rniga, Energetika vazirligi “bitkoin tug‘adigan tovuqdan sho‘rva qilmoqchi”, - deb yozadi Martin Bear ismli foydalanuvchi.

Eslatib o‘tamiz, International Business Times e’lon qilgan statistikaga muvofiq O‘zbekiston - kriptovalyuta mayningi uchun eng arzon mamlakatlar uchligiga kirgan. O‘zbekistonda 1 bitkoin ishlab topish tannarxi – 1790 dollarni tashkil qiladi. Ushbu reytingda 1 o‘rinda Venesuela – 531 dollar, ikkinchi o‘rinda Trinidad i Tobagoda – 1190 dollar.

Bugungi kunda 1 bitkoinning birjadagi narxi esa - 7800 dollarni tashkil qiladi. Rossiyada 1 bitkoin ishlash o‘chun o‘rtacha