Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Dog‘istonda 16ta juftlik va 10 ming mehmon ishtirokida bo‘lib o‘tgan to‘y – Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.
Sputnik

TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Kecha 29-sentabr kuni Dog‘iston poytaxti Derbent shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta Dog‘iston to‘yi”  - Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, bu haqida mahalliy nashr xabar qilmoqda.

“Bir kunda va bir joyda Dog‘istonda yashayotgan barcha asosiy millat vakillaridan iborat 16ta juftlik ishtirokida to‘y bo‘lib o‘tdi. Marosimga 10 mingdan ortiq mehmonlar kelishdi. Juftliklar orasida turmush qurganiga 60-yil bo‘lgan oila ham bor”, - deyilgan xabarda.

Ushbu marosim Ginnesning rekordlar kitobida “Eng ko‘p millatli to‘y” hamda “Eng ko‘p mehmon kelgan to‘y” nominatsiyalari bo‘yicha yutuqni qo‘lga kiritgan.

Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu katta to‘y tadbiri shahar meri Xizr Abakarov tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Dog‘istonda bo‘lib o‘tgan to‘y Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi