TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritib qaytgan bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi, deb xabar qilmoqda boks federatsiyasi.
30 sentabr kuni "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida bokschilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg‘asi" - avtomobillar taqdim etildi.
Xususan, Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga "Treker" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetov va Bobousmon Baturovlarga "Jentra" avtomobillari kaliti topshirildi.
Shuningdek, terma jamoamizning muvaffaqiyatida o‘z hissasini qo‘shgan murabbiylarga ham pul mukofotlari taqdim etildi.
Tadbirda shuningdek Boks federatsiyasi rahbariyati so‘zga chiqishdi.