AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

AQSh “saylovlarga aralashish” yuzasidan Rossiya qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. AQSh “saylovlarga aralashish” yuzasidan Rossiya qator fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Putin Gruziyaga qarshi sanksiya qo‘llashga qarshi chiqdi

Sanksiya ro‘yxatiga Denis Kuzmin va Igor Nesterov kiritildi. Vashington ma’lumotlariga ko‘ra, ular internet-tadqiqot agentligi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari cheklovlar Seyshel orollarida ro‘yxatga olingan Autolex Transport Ltd va Beratex Group Limited kompaniyalar hamda Chexiyada ro‘yxatga olingan Linburg Industries Ltd kompaniyasiga ta’sir qiladi.

AQSh Moliya vazirligi ma’lumotiga qaraganda, bu firmalar va jismoniy shaxslar rossiyalik ishbilarmon Yevgeniy Prigojin bilan bog‘liq.

Avvalroq AQShning sobiq maxsus prokurori Robert Muller Rossiyaning o‘n uchta fuqarosi va uchta kompaniyasini "AQShga qarshi til biriktirish" va "firibgarlik" da ayblagan edi. Ayblov xulosasida: Yevgeniy Prigojin, Mixail Bistrov, Mixail Burchik (Abramov), Aleksandra Krilova, Anna Bogacheva, Sergey Polozov, Mariya Bovda, Robert Bovda, Jeyxun Aslanov, Vadim Podkopayev, Gleb Vasilchenko, Irina Kaverzina, Vladimir Venkov ismlari keltirilgan.

Muller ikki yil davomida 2016-yil saylovlariga "Rossiyaning aralashuvi" ishini tergov qilgandi. Muller aralashuvga oid ayblovlarni tasdiqladi, ammo saylovda g‘olib bo‘lgan Donald Tramp va Rossiya o‘rtasidagi "kelishuv" haqida hech qanday dalil topmagandi.