Xalqaro robotchilar chempionatda O‘zbekiston ilk medalni qo‘lga kiritdi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan robotchilar xalqaro chempionatida O‘zbekiston jamoasi ilk bor medalga sazovor bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Robototexnika xalqaro chempionatida birinchi medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Innovatsiyalar vazirligi.

Janubiy Koreyaning Donxe shahrida o‘tkazilayotgan Robototexnika xalqaro chempionatida (International Grand D challenge 2019) ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqalarning birinchi kunini muvaffaqiyatli yakunladi.

Robo scholar yo‘nalishi bo‘yicha Shavkat Abdurahmonov va Xumoyun Xaydarov 3-o‘rinni egalladilar. 1-o‘rinni koreyalik, 2-o‘rinni esa ruminiyalik yosh robototexniklar qo‘lga kiritdilar, - deyilgan xabarda.

Chempionatning Robo scholar yo‘nalishi shartlariga ko‘ra tibbiyot, aerokosmik texnologiyalar, yong‘in xavfsizligi, ta’lim va oziq-ovqat sanoati sohalaridan birortasi bo‘yicha ikki soat davomida loyiha tayyorlanib, hakamlar hukmiga havola etilishi lozim bo‘lib, bu yo‘nalishda qatnashgan hamurtlarimiz tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan “Smart doc box” uskunasini yasashdi.

Yurtimiz terma jamoasi tomonidan taqdim etilgan yana ikkita loyiha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, “technical award” nominatsiyasiga loyiq topildi, ya’ni texnik jihatdan ijobiy baholandi.

Xalqaro robotchilar chempionatda O‘zbekiston ilk medalni qo‘lga kiritdi