Mahmud Murodov UFCdagi birinchi jangida g‘alaba qozondi

UFCdagi birinchi o‘zbek jangchisi Mahmud Murodov o‘z g‘alabasini O‘zbekiston xalqi va prezidentiga bag‘ishlashini e’lon qildi.
Sputnik

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o‘zbek aralash yakkakurashchisi Mahmud Murodov Kopengagen shahrida bo‘lib o‘tgan ilk jangida italiyalik Alessio Di Chiriko ustidan ustunlik namoyish etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Jangdan bo‘lib o‘tgan qisqa intervyuda o‘zbekistonlik jangchi jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘ra olmaganini va buning uchun unda faat 2 hafta vaqt bo‘lganini xabar qildi. Shuningdek Murodov o‘z g‘alabasini O‘zbekiston xalqi va prezidentiga bag‘ishlashini e’lon qildi. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirib - biz yurishda davom etamiz, - dedi. 

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mahmud Murodov ikki davlat – O‘zbekiston va Chexiya bayroqlarini ko‘tarib chiqdi.