Rossiyada mashhur rejissor vafot etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejissorning qizi Aleksandra Zaxarovaga ta’ziya yo‘llagan va uning otasi buyuk shaxs bo‘lganini ta’kidlagan.
Sputnik

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. “Lenkom” teatri direktori, taniqli rus rejissori va SSSR xalq artisti Mark Zaxarov vafot etdi. Bu haqda RIA Novostiga teatr direktori Mark Varshaver ma’lum qildi.

“Katta baxtsizlik. Ikki soat oldin kasalxonada Mark Anatolyevich Zaxarov qayta o‘pka shamollashi natijasida vafot etdi”, - deya ma’lum qilgan u.

U vidolashuv va dafn qilish sanasi keyinroq ma’lum qilinishini qo‘shimcha qilgan.

Rossiyada mashhur rejissor vafot etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin rejissorning qizi Aleksandra Zaxarovaga ta’ziya yo‘llagan va uning otasi buyuk shaxs bo‘lganini ta’kidlagan.

Mark Zaxarov 1933-yilda Moskvada tug‘ilgan. U Rossiya davlat teatr san’ati institutini aktorlik fakultetida tahsil olgan. 1973-yilda Lenin komsomoli teatrining (hozirgi Lenkom) bosh direktori bo‘lgan.

“Yunona va Avos”, “Mushkul kun yoxud Figaroning uylanishi”, “Masxaraboz Balakirev”, “Va-Bank”, “Olchazor” kabi spektakllar rejissorning eng muvaffaqiyatli spektakllaridan sanaladi.

Shuningdek, u mashhur “O‘n ikki stul", “Oddiy mo‘’jiza”, “O‘sha Munxauzen” filmlarini suratga olgan.

Mark Zaxarov “Maftunkor baxt yulduzi”, “Cho‘lning oq quyoshi”, “If qal’asi mahbusi” kabi filmlar ssenariysining muallifi va hammuallifi hisoblanadi.