Kamilov va Zalmay Xalilzod Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

Uchrashuvda milliy yarashishga tezroq erishish va Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishdan tomonlar manfaatdor ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida AQShning Afg‘onistondagi yarashish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uchrashdi.

Kamilov AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qildi

TIV xabariga ko‘ra, tomonlar Afg‘onistondagi vaziyat va tinchlik jarayonini rivojlantirish yo‘llari yuzasidan fikr almashdilar,

Shuningdek, Afg‘onistonda O‘zbekiston tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish jarayoni muhokama qilingan.

Uchrashuvda milliy yarashishga tezroq erishish va Afg‘onistondagi mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal qilishdan tomonlar manfaatdor ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.