Daraxt kesishga moratoriy kiritiladi – yangi qonun

Oktabr o‘rtalaridan boshlab O‘zbekiston hududi xar qanday daraxtni kesish ta’qiqlanishi va daraxtzorlarda yangi bino qurish man qilinishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston hududida 10-oktabrdan so‘ng har qanday daraxtni kesishga mutlaq ta’qiq - moratoriy o‘rnatiladi. Bu haqida bosh vazir Abdulla Aripov taklifiga binoan ishlab chiqilgan  qilingan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Yangi qonun 2020-yilning 1-fevraliga qadar o‘rmonlardan boshqa joyda joylashgan har qanday daraxtlarni kesishni mutlaq ta’qiqlaydi. Shuningdek ushbu davr ichida daraxt va butalarni parvarish qilish, mavsumiy qirqishga doir aniq normalar ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Yangi qonunda, shuningdek daraxtzor bo‘lgan hududlarni yangi obyektlar qurish uchun ajratishni ta’qiqlash  ham nazarda tutilgan. Bugungi kunda avval yer maydoni ajratiladi, keyin esa u yerda daraxtlar bor-yo‘qligi aniqlanadi.

Yangi qonunga ko‘ra, daraxlarni kesishga faqat quyidagi holatlarda ruxsat berilishi mumkin:

  • Bino va kommunikatsiyalardan foydalanishga xalal berayotgan;
  • Xususiy mulk bo‘lgan yer maydonlaridagi daraxtlar;
  • Maxsus pitomnik va plantatsiyalarda yetishtirilgan daraxtlar;
  • Qulab tushgan va aholiga xavf  tug‘dirayotgan daraxtlar.

Shuningdek daraxtlarni kesish, ko‘chirib o‘tqazish bilan bog‘liq har qanday qarorlar ekologiya qo‘mitasi ruxsati bilan tuman va viloyat hokimlari tomonidan imzolanganidan so‘ng mumkin bo‘ladi.
Daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalar hokimlik saytida chop etilishi kerak.