Tanzila Norboyeva: 2019-yilda 370 mingta ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan

O‘zbekiston uchun dolzarb muammo - yoshlarni ish bilan ta’minlash mavzusi BMT Bosh Assambleyasi doirasida ko‘rib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sent – Sputnik. Shu kunlarda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan BMT Bosh Assambleyasining 74-sessiyasida ishtirok etayotgan o‘zbek delegatsiyasi a’zolari “Yoshlar uchun mehnat sohasidagi kelajak: yoshlar bandligini targ‘ib qilish bo‘yicha strategik hamkorlik” mavzuyidagi kengashda qatnashdilar, deya xabar beradi O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Axborot xizmati. Tadbir Xalqaro mehnat tashkiloti ishtirokida o‘tkazildi.

Unda delegatsiya rahbari, Senat raisi Tanzila Norboyeva “Davlat-xususiy sheriklik yoshlar bandligi dasturlarini qanday qo‘llab-quvvatlashi mumkin? Bunda hukumat, xodimlar va ish beruvchilarning o‘rni qanday?” mavzusida ma’ruza bilan so‘zga chiqdi.

O‘zbekiston odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi qanday kurashadi

Senatorning qayd etishicha, har yili 500 mingdan ziyod yoshlar katta hayotga qadam qo‘ymoqda va ularni ishga joylashtirish zaruriyati mavjud. Respublikada yoshlar bandligi masalalarini tartibga soluvchi qator davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilgan, xususan, 2018-yil iyunda qabul qilingan “Oshlar – kelajagimiz” davlat dasturi shular jumlasidan. Dastur yoshlarning biznes tashabbuslarini, startaplari, g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, band bo‘lmagan yoshlarni zarur mutaxassisliklarga va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish orqali yoshlar bandligini ta’minlashga, umuman uning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, shuningdek davlat institutlari, shu jumladan bandlikka ko‘maklashish xizmatining salohiyatidan foydalanishga qaratilgan.

"Ilk bor shu yil mehnat bozorida O‘zbekiston prezidenti qarori bilan tasdiqlangan angi ish o‘rinlarini kvotalash uchun davlat buyurtmasi mexanizmi  joriy etildi. Qarorga muvofiq, 2019-yilda 370 mingta yangi ish o‘rni tashkil etish va mavsumiy hamda vaqtinchalik ishlar bilan 182 ming kishining bandligini ta’minlash nazarda tutilmoqda", deyiladi ma’ruzada.

Senat raisi, shu bilan birga, O‘zbekistonda bandlik sohasida xalqaro hamkorlik qilish masalasiga to‘xtalib o‘tdi hamda mehnat va bandlik sohasida ratifikatsiya qilingan qator xalqaro hujjatlarning dastlabki natijalari bilan xorijiy hamkorlarni tanishtirdi.