Zelenskiy: Tramp Qrimni “qaytarib olishga” yordam berishni va’da qildi

Amerika va Ukraina rahbarlari BMT Bosh assambleyasi 74-sessiyasi doirasida uchrashdi. Donald Tramp uchrashuvni “ajoyib” deb atadi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sent - Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh rahbari Donald Tramp Qrimni “ qaytarib olishga” yordam berishni va’da qilganini ma’lum qildi.

Qrimda Zelenskiyning yarimorolni “qaytarib olish” haqidagi so‘zlariga javob qaytarishdi

Menimcha, bu bizning jonajon yerimiz va biz uni qaytarib olishimizga rozi ekanligini eshitdim. U dedi: “Ha, sizlar ishlashlaringiz kerak, va biz sizga yordam beramiz”, - deya Zelenskiy so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti UNIAN agentligiga asoslanib.

Ukraina prezidenti Trampga yarim orol go‘zalligi haqida gapirib berganini qo‘shimcha qilgan.

Ikki davlat rahbarlari BMT Bosh assambleyasi 74-sessiyasi doirasida uchrashdi. Donald Tramp uchrashuvni “ajoyib” deb atadi, biroq tafsilotlarni ochiqlamadi.

Oq uy Tramp va Zelenskiy muloqotini e’lon qildi

Shunisi ma’lumki, Tramp Zelenskiyga Rossiya bilan munosabatlarni “rivojlantirishni davom ettirish”ni maslahat bergan.