Stavropolda 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qullikdan ozod qilindi

Stavropolda qullikdan ozod qilingan O‘zbekiston fuqarolari 30 ming rubldan kompensatsiya olib vataniga qaytishdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. Bir necha kun oldin Rossiyaning Stavropol o‘lkasida majburiy ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarosi ozod qilindi, deb xabar qilmoqda “Alternativa” nodavlat ko‘ngillilar tashkiloti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashkilot elektron pochtasiga o‘zbekistonlik Pardaboy ismli fuqaroning qarindoshidan Stavropol dalalaridan birida bir necha O‘zbekiston fuqarolari majburiy ishlatilayotgani haqida xabar keladi.

Stavropolda 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qullikdan ozod qilindi

Tashkilot vakillari ushbu hodisa Stavropolning Neftekumsk tumani, Achikulak qishlog‘ida sodir bo‘lganini aniqlashadi. "Alternativa" vakillari huquqni saqlash organlari bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan dala maydonini topishadi.

Stavropolda 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qullikdan ozod qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, u yerda o‘zbekistonliklar Stanislav ismli mahalliy koreys diasporasi vakili tomonidan poliz ekinlari ekish va va ularni yetishtirishga majburiy shug‘ullangan. Ular dalada qurilgan chodir uyda yashagan. Stanislav ishchilarning hujjatini aprel oyida olib qo‘ygan va ularga maosh to‘lamagani aniqlangan.

Stavropolda 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qullikdan ozod qilindi

O‘zbekiston fuqarolari ozod qilinganidan so‘ng huquqni saqlash organlariga murojaat qilishgan. Shundan so‘ng ularga ish beruvchi tomonidan 30 ming rubldan kompensatsiya to‘langan va ular O‘zbekistonga qaytishgan.