QQS pasaytirilishi nimalarga olib keladi – ekspert fikri

Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti prorektori va iqtisod fanlari doktori Aleksey Zubes O‘zbekistonda QQS pasaytirilishi iqtisodiyot va tadbirkorlarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi fikrlarini bayon qildi.
Sputnik

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  joriy yilning 1-oktabridan mamlakatda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini (QQS) amaldagi 20 foizdan 15 foizga pasaytirish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Aleksey Zubesning ma’lum qilishicha, QQSning pasaytirilishi biznes uchun yanada qulayroq sharoit yaratadi. Qolaversa, QQS biznesning “yaxshi do‘sti” hisoblanmaydi. QQS biznesni tom ma’noda “yanchib tashlashi”  mumkin.

“Soliq pasaytirilishi – biznes sari qadam. Tashkilotlar olingan pullarni ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga sarflashlari mumkin. Masalaning boshqa tomoni shundaki, hukumat soliq tushumlarining yetishmasligini qanday qilib kompensatsiya qilishni rejalashtirayotgani. Bu davlat qarzini ko‘paytirish yoki qo‘shimcha soliq va aksiz joriy etish bo‘ladi”, - dedi ekspert Sputnik O‘zbekistonga bildirgan fikrida.

QQS pasaytirilishi iqtisod va biznesga erkin nafas olishga yordam beradi, biroq tegishli chora ko‘rilmasa davlat qarziga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ekspertning to‘liq fikrini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

QQS pasaytirilishi nimalarga olib keladi – ekspert fikri