Xalqaro valyuta jamg‘armasiga yangi rahbar tayinlandi

XVJ rahbari Kristin Lagard Yevropa markaziy banki raisi lavozimiga nomzodi ilgari surilgandan keyin 12-sentabrda iste’foga chiqqan edi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sent - Sputnik. Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ijroiya kengashi 5-yil muddatga Kristalina Georgiyevani XVJ boshqaruvchi direktori hamda Ijroiya kengashi raisi etib tayinladi. U o‘z faoliyatini 2019-yil 1-oktabrdan boshlaydi.

Tayinlangan Kristalina Georgiyeva XVJ tashkil etilgan paytdan boshlab, tarixda birinchi marta rivojlanayotgan davlatlardan birining vakilidir.

O‘n yilliklar davomida O‘zbekiston noto‘g‘ri formula asosida rivojlangan - XVF rahbari bayonoti

Boshqaruvchi direktor XVJ ofisining rahbari va Ijroiya kengashining raisi hisoblanadi. Tashkilotni boshqarishda to‘rt nafar o‘rinbosar Boshqaruvchi direktorga yordam beradi. XVJ xodimlari soni 2700 nafar kishini tashkil qiladi.

Bolgariya fuqarosi bo‘lmish Georgiyeva 2017-yil yanvar oyidan boshlab Jahon bankining Bosh ijrochi direktori lavozmida ishlagan. 2019-yilning 1-fevralidan 8-apreliga qadar u Jahon banki guruhining vaqtinchalik prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2010-yildan boshlab u Yevropa Komissiyasida xalqaro hamkorlik, gumanitar yordam va inqirozlarga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissar sifatida, undan keyin esa budjet va kadrlar masalalari bo‘yicha vitse-prezident lavozimlarida ishlagan.

Georgiyeva iqtisod fanlari doktori hamda siyosiy iqtisod va sotsiologiya magistirlik darajasini Bolgariya milliy va jahon iqtisodiyoti universitetida ko‘lga kiritdi, hamda u yerda 1977-1991 yillar davomida dars berdi.