BMT eksperti: O‘zbekiston sud tizimi jiddiy qiyinchiliklarga yuz tutmoqda

O‘zbekiston sud xokimiyatining mustaqilligi borasida jiddiy qiyinchiliklarga yuz tutmoqda, deb hisoblaydi BMTning inson huquqlari bo‘yicha eksperti Diyego Garsiya-Sayan.
Sputnik

TOShKENT, 26 sent - Sputnik. BMTning inson huquqlari bo‘yicha eksperti Diyego Garsiya-Sayan o‘zining O‘zbekistonga tashrifining yakunida dastlabki xulosalarini taqdim qilib, O‘zbekistonda sudning mustaqilligi, advokatlar faoliyati va qonun ustuvorligiga ilgari jiddiy putur yetkazayotgan avtoritar va markazlashgan tuzilmaga chek qo‘yishda muhim qadamlar qo‘yilganini ta’kidladi. Bu haqda  O‘zbekistondagi BMT vakilligi xabar qildi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur jarayon uzoq davom etadi va kelgusida u yanada takomillashtirilishi zarur. 

“Sud xokimiyatining mustaqilligi va huquq ustuvorligiga jiddiy tahdidlar saqlanib qolmoqda”, - deydi u O‘zbekistonda jamiyat va institutlarda davlat xavfsizligi xizmatining intensiv va doimiy ravishda bo‘lishini nazarda tutgan holda. 

Shu bilan birga, u jinoiy ishlar bo‘yicha sud jarayonlarida prokurorlar keng vakolatlarga egaligi saqlanib qolinayotganligi va bu sudyaning ishni mustaqil ravishda va o‘z vijdoniga binoan hal qilishdagi erkinligini cheklayotganligidan tashvishda ekanligini bildirdi.

Oliy sud raisi: “Kameralar qarshisida jurnalistlarning savollariga javob berish osonmas”

“Hozirda hukumat islohotlar jarayonini qo‘llab-quvvatlash va yakuniga yetkazish hamda odil sudlovga yetishish imkoniyatlariga ta’sir etayotgan va sud xokimiyatining mustaqilligiga erishish harakatlariga tahdid solayotgan amaliyotga chek qo‘yish uchun  tezkorlik bilan harakat qilishi lozim”, - deya hisoblaydi Diyego Garsiya-Sayan.

Garsiya-Sayan ta’kidlashicha bir qator ijobiy qadamlar qo‘yilgan bo‘lib, so‘nggi yillar davomida oqlov hukmlari sonining ortganligi, Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar oliy maktabining tashkil etilishi, shuningdek, shaffoflikni orttirishga hamda odil sudlovga yetishishni osonlashtirishga qaratilgan elektron jarayonlarning bosqichma-bosqich yaratilishi shular jumlasidandir.

“Jinoyat protsessida oqlov hukmlari sonining ortishi sudyalarning mustaqilligi prokuror qarorini e’tirozsiz ma’qullash bilan cheklangan tizimdan asta-sekin uzoqlashilayotganligidan dalolat beradi”, - deydi Garsiya-Sayan.

2016 yilda bor-yo‘g‘i oltita oqlov hukmlari qayd etilgan. Bu raqam 2017-yilda 263 tani, 2018-yilda esa 867 tani tashkil qildi. Hozirgi kunda, 2019-yilning to‘qqiz oyida 500 dan ortiq kishi oqlandi.

Gulnora Karimovaning advokati: “Mijozim tez-tez hushidan ketib qolyapti”

Advokatlarning hibsda saqlanayotgan o‘z himoyasidagi shaxslarning oldiga kirishlariga qarshilik qilinganligi bilan bog‘liq bo‘lgan shikoyatlar bo‘yicha Garsiya-Sayan davlatning har qanday mansabdor xodimi yoki bunday uchrashuvga qarshilik qilinganligiga mas’ul bo‘lgan har qanday shaxsga qarshi jiddiy sanksiyalar o‘rtanuvchi huquqiy moddani o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Mamlakatda advokatlar sonini orttirish masalasiga e’tibor qaratar ekan, BMT eksperti yuridik oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish oki yangilarini ochish uchun yangi qadamlar qo‘yishni hamda advokat bo‘lish uchun talab etiluvchi majburiy uch oylik stajirovkani bekor qilish masalalarini ko‘rib chiqishni maslahat berdi.

Davlatga xiyonatda ayblangan Kubatin oqlandi

Maxsus ma’ruzachi o‘z xulosa va tavsiyalaridan iborat bo‘lgan hisobotining to‘liq matnini 2020-yilning iyun oyida Jenevadagi Inson huquqlari bo‘yicha Kengashga taqdim etadi.