Zelenskiy unga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yagona odamni aytdi

Avvalroq AQSh yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati chog‘ida unga bosim o‘tkazgani haqida xabar qilingandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh yetakchisi Donald Tramp unga bosim o‘tkazganligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Tramp Yevropaga ultimatum qo‘ydi

Uning ma’lum qilishicha, u mustaqil Ukraina prezidenti bo‘lganligi bois hech kim bosim o‘tkazolmaydi.

“Menga faqat olti yoshli o‘g‘lim bosim o‘tkazishi mumkin”, - deya javob bergan Zelenskiy rossiyalik jurnalistlar savoliga.

Vladimir Zelenskiyning javobini rossiyalik jurnalist Olga Skabeyeva o‘z telegram kanalida e’lon qilgan.

Bir necha kun ilgari The Wall Street Journal nashri AQSh yetakchisi Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati vaqtida unga bosim o‘tkazgani haqida xabar tarqatgan edi. Ta’kidlanishicha, Tramp Zelenskiyni AQShning sobiq vitse-prezidenti Jozef Baydenning o‘g‘liga nisbatan tergov harakatlarini boshlashga majburlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika prezidenti Donald Tramp Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Yevropaga ultimatum qo‘ygani xabar qilingan edi.