“Toshshahartransxizmat” faoliyatiga nazar

Sputnik

Press-tur davomida GPS nazorati tizimi, avtobus saroyiga biriktirilgan shoxbekat, sinov tariqasida keltirilgan elektrobus qatnovi, shuningdek, avtobus saroyining ish faoliyati tanishtirildi.

Hozirda “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibida 8 ta avtobus saroyi, 2 ta unitar korxona mavjud. Avtobus saroylari tomonidan 136 ta yo‘nalishda transport xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yiliga o‘rtacha 200 milliondan ziyod yo‘lovchi tashiladi. Bulardan 47,8 foizi oylik yo‘l chiptalaridan foydalanadigan yo‘lovchilar hamda 2,2 foizi imtiyozga ega bo‘lgan yo‘lovchilardir. Mazkur yo‘nalishlarga 1000 dan avtobus biriktirilgan va ular tomonidan bir kunda 13000-14000 qatnov amalga oshirilmoqda.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri “Toshshahartransxizmat” faoliyatini suratlarga muhrladi.

1 / 12
Har bir reys haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi tablo
2 / 12
Har bir reys haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib turuvchi tablo
3 / 12
“Toshshahartransxizmat” AJda 5200 dan ortiq xodim, jumladan, avtobuslar harakatini kuzatuvchi dispetcherlar faoliyat yuritadi.
4 / 12
Avtobuslar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
5 / 12
Toshshahartransxizmat” AJ o‘z tasarrufidagi yo‘nalishlarda qatnayotgan avtobuslarning sanitariya holatlarini yanada yaxshilash maqsadida jamoat transporti vositalarini bir kunda 2-marta yuvish va tozalash ishlarini yo‘lga qo‘yildi.
6 / 12
E420 “Vitovt Elektro” rusumli elektrobas bir martalik quvvat bilan 20-25 kilometr atrofida masofa bosib o‘tadi. Quvvat olish vaqti esa 6-8 daqiqaga teng. O‘rtacha 90 ta yo‘lovchi olib yurish imkoniyatiga ega.
7 / 12

8 / 12
Kuzatuv kameralari
9 / 12
Toshshahartransxizmat” AJ o‘z tasarrufidagi avtobuslar
10 / 12
Toshkentga keltirilgan elektrobusning saloni
11 / 12
Texnik ko‘rikdan o‘tkazilayotgan avtobus
12 / 12