O‘zbekistonda narxi 3000 $ bo‘lgan elektromobil ishlab chiqarishmoqchi

Narxi 3000 $, bir vaqtning o‘zida ham Mercedes ham TESLA avtomobilini o‘zida mujassamlashtirgan avtomobil bo‘lishi mumkinmi? - Ha, faqat O‘zbekistonda!  
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Ma’lumki bir guruh rossiyalik avtoblogerlar yaqinda O‘zbekistonda bo‘lib qaytishdi. Tashrif davomida ular turli superavtombillarni test qilish bilan birga, bir kichik va arzon elektromobilni ham sinovdan o‘tkazishdi.

Ushbu avtomobilchani test-drayv qilish biz uchun O‘zbekistondagi eng kutilmagan hodisa bo‘ldi. Ushbu apparatni O‘zbekistonda ishlab chiqarib, 3000 dollar atrofida sotish rejalashtirilmoqda, - deb yozadi bloger Alan Yenileyev.

Avtomobil o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan bizni hayratga soldi.U Mercedes Benz avtomobiliga juda o‘xshash, hatto salonida ham. Undan tashqari biz ushbu avtomobilda kichik poyga ham uyushtirdik, deydi Yenileyev

Xabar so‘ngida bloger - Siz 3000 dollarga qanday avtomobil sotib olgan bo‘lardingiz ? Ushbu AMG-TESLAnimi yoki boshqa avtomobilni?, - deb o‘z muxlislariga savol bilan murojaat qilgan.

Javoblar orasida 3000 dollarga shu avtomobilni sotib olib tuning qilgan bo‘lardim, degan kishilar juda ko‘p.