Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayron otib o‘ldirildi – foto

Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayronlarni TOZ-63 va IJ-18 rusumli ov miltig‘i yordamida otib o‘ldirgan ikki nafar brakonyer qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda 13 bosh jayronlarni noqonuniy ov qilgan ikki nafar brakonyer qo‘lga olindi.

Davlat ekologiya qo‘mitasining xabar qilishicha, 23-sentabr kechasi soat 3:00 da Mo‘ynoq tumani “Qozoqdaryo” OFY hududidan oqib o‘tuvchi “Aqshadaryo” kollektori atrofida o‘tkazilgan tungi reyd o‘tkazilga. Uning natijasida UAZ-469 rusumli davlat raqami 95 V 654 DA avtomobili to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda ichida ikki dona ov miltig‘i va o‘n uch bosh jayron borligi aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, brakonyerlar T. B.TOZ-63 va P. A. IJ-18 rusumli ov miltig‘i yordamida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 13 bosh jayronlarni noqonuniy ov qilganlar.

Ekoinspektorlar Mo‘ynoqda brakonyerlar tomonidan o‘qqa tutildi

Ayni damda noqonuniy ov bo‘yicha barcha hujjatlar to‘planib, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga yuborilgan.