Rossiyada ikki o‘zbekistonlikni Suriyaga jo‘natgan erkakka jazo tayinlandi

Qirg‘izistonlik 56 yoshli erkak “Islom davlati”* terroristik tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlikka 100 ming rubl bergan.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Uzoq Sharq okrug harbiy sudi ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini Suriyaga jo‘natgan 59 yoshli qirg‘izistonlikni 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Rossiyaning Saxalin viloyati bo‘yicha TQ xabar qildi.

2015 yil dekabr oyida erkak Janubiy Saxalinskda “Islom davlati”* terroristik tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlikka 100 ming rubl bergan. Ular tranzit yo‘llar bilan Suriyaga borishni rejalashtirishgan bo‘lgan. Shuningdek, jinoyatchi O‘zbekiston fuqarolarini Moskvadan xorijga – Suriyaga hech qanday to‘siqsiz chiqib ketishlarini tashkillashtirgan.

Sud erkakni terrorizmni moliyalashtirishda aybdor deb topgan. Mahkum jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

*Rossiyada taqiqlangan tashkilot