TOShKENT, 23 sen - Sputnik. “OLX Avto” portali so‘nggi uch oy davomida O‘zbekistonning turli hududlaridagi ommabop bo‘lgan “inomarkalar” reytingini tuzdi.
Statistikaga ko‘ra, Rossiyaning LADA (VAZ) rusumli mashinasi O‘zbekistonning barcha hududlaridagi ikkilamchi bozorda eng ko‘p xarid qilingan avtomobil bo‘lgan.
Portal reytingiga ko‘ra, GAZ, “Moskvich”, Mercedes Benz, Ford, Hyundai, Toyota va BMW ikkinchi va uchinchi o‘rinni o‘zaro bo‘lishib olgan.
Shu bilan birga Buxoro, Jizzax, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘onada xaridorlar Rossiyada ishlab chiqarilgan mashinalarni sotib olish ma’qul ko‘rishgan, Toshkentda esa Mercedes Benz va Toyota mashinalarining bozori chaqqon bo‘lgan.
Rossiyadagi eng ommabop lyuks avtomobillar ma’lum qilindi
Reyting 2019-yil iyun oyidan avgust oyigacha bo‘lgan oldi-sotdi shartnomalar asosida tuzilgan. Ushbu davrda jami 5911 dona avtobil sotilgan.