Jahongir Ortiqxo‘jayev Seul shahri meri bilan uchrashdi

Seul bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, savdo va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Janubiy Koreyaga tashrifi davomida Seul shahri meri Pak Vonsun bilan uchrashdi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra,  o‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama etilgan. Seul bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, savdo va investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Toshkentda tezurar avtobus yo‘nalishlari tashkil etilishi mumkin

Toshkent shahar hokimi boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyaning Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Shaharlarning barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan urbanizatsiya forumi”da ishtirok etmoqda. Unda shaharlardagi infratuzilma qanday talablarga javob berishi kerakligi, xizmat ko‘rsatish darajasi, aholi va sayyohlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ekologiyani asrash qabi qator masalalar ko‘rib chiqiladi.