Rossiya o‘z samolyotlari uchun yangi operatsion tizim ishlab chiqdi

JetOS – samolyotlar uchun ishlab chiqilgan maxsus operatsion tizim dasturi bo‘lib, u samolyotning barcha hayotiy parametrlarini  qayd qilib boradi.
Sputnik

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiya Aviatsion tizimlar bo‘yicha izlanish instituti GosNIIAS samolyotlar uchun maxsus operatsion tizim dasturi – JetOSni ishlab chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

JetOS – bu samolyotlar uchun yaratilgan operatsion tizimi bo‘lib u samolyotning barcha parametrlarini real vaqtda qayd qilib boradi. Ushbu tizim 2016-2019 yil davomida Rossiyada yaratilgan. Ayni damda u MS-21 va SSJ-100 samolyotlarida sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Hech kimga sir emaski, ayni damda Rossiya samolyotlarida xorijda ishlab chiqilgan VxWorks 653, PikeOS, MACS2, LynxOS-178 kabi operatsion tizimlardan foydalanib kelinmoqda. Bu nafaqat texnologik tobelik, balkim milliy xavfsizlikka tahdid bo‘lishi mumkin”, - deydi GosNIIAS bosh direktori Sergey Xoxlov.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu operatsion tizim yordamda olingan ma’lumotlar kelajakda yangi samolyotlarni loyihalashtirish va  ishlab chiqishda juda muhim bo‘lishi mumkin.