Qanday mehnat migrantlariga imtiyozli kreditga uy beriladi?

Uy-joyi yo‘q va ko‘p bolali mehnat migrantlariga imtiyozli ipoteka krediti beriladi - yangi qonun loyihasi.
Sputnik

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Mehnat migrantlariga ipoteka kredit asosida uy-joy ajratish tartibini belgilovchi yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qonunda, ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini tasdiqlangan.

Xususan, Mehnat migrantlariga imtiyozli ipoteka ajratishda quyidagi omillar hisobga olinadi:

a) turar joyi yo‘q, ijarada yashaydigan;

b) boshqa oila bilan bir uyda yashaydigan;

v) ko‘p bolali oila - uch va undan ortiq;

g) daromadi yetarli darajada bo‘lgan;

d,e) oilasida doimiy kasal yoki nogiron shaxslar bor;

j) uy-joy maydoni kichik –1 kishiga 16m2 dan kam;

z) ikki yoki undan ortiq farzandli yolg‘iz ota yoki ona. 

Yuqoridagi holatlar ariza beruvchi tomonidan hujjatlar asosida tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Maxsus komissiya migrant arizasi va hujjatlarini ko‘rib chiqib unga ko‘p xonadonli uylardan imtiyozli ipoteka  ajratish yoki ajratmaslik haqida qaror chiqaradi.

Ipoteka kreditning imtiyozli davri 1-yil etib belgilanadi.

Ipoteka kreditdan foydalanishning birinchi 5-yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.