Buffon - seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan keldim!

Italiyalik mashhur darvozabon Janluidji Buffon o‘zbekistonlik muxlisining so‘zlarini o‘z instagrammiga chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Yevropaning A-seriyasi doirasida bo‘lib o‘tgan "Yuventus" va “Verona” jamoalari o‘yinida o‘zbekistonlik muxlislar ham ishtirok etishdi. Bu haqida “Yuventus” jamoasining mashhur darvozaboni  Janludji Buffon o‘z instagramida xabar qildi.

Buffon - seni ko‘rish uchun O‘zbekistondan keldim!

O‘yiniga mexlislik qilgan tomshabinlardan biri mana shunday so‘zlar yozilgan palkatni namoyish qildi. Unda "Buffon men o‘zbekistonlikman. Seni ko‘rish uchun 5000 km masofa bosib keldim! - deb yozilgan.

Ushbu plakatni payqagan Buffon uzoq yurtdan kelgan o‘zining haqiqiy muxlisiga minnatdorlik bildirdi. O‘yinda 2:1 hisobda “Yuventus” jamoasi g‘olib chiqdi. Nima ham derdik, shunday muxlislari bor ekan bu jamoa ko‘p narsaga qodir.