TOShKENT, 21 sen - Sputnik. O‘zgidromet dam olish kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Xususan, 21-sentabr kuni Turkmaniston hududidan issiq havo oqimi kelishi davom etadi. Havo kambulutli bo‘ladi. Havo harorati 36-38 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Yakshanba kuni respublikaning shimoliy qismiga, dushanba kuni esa mamlakatning aksariyat hududlariga Janubiy Qozog‘iston tumanlaridan nam va salqin havo massasi kirib keladi.
22 sentabr kuni Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida, 23-sentabr kuni Toshkent viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrni tashkil qiladi.