Alisher Sultonov O‘zbekiston Parij bitimini qay tarzda bajarishini aytdi

Energetika vaziri O‘zbekiston gaz-transport tizimida beski tipdagi dvigatellar ishlatilib kelinayotgani bois, katta yo‘qotishlar bo‘layotgani, atmosferaga yirik miqdorda angidrid gazi tashlanmalari ro‘y berayotganini aytdi. Shu bois, ularni almashtirishga qaror qilingan.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston karbonat angidrit gazi tashlanmalari bo‘yicha bugungi kunda katta yutuqlar bilan maqtana olmaydi. Biroq mamlakat ayni vaqtda Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YeTTB), Butunjahon banki va Osiyo taraqqiyot banki(OTB) bilan Parij bitimi normalariga amal qilish bo‘yicha juda katta ishlarni olib bormoqda, dedi bugun xorijiy jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov.

Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga kelib insoniyat nobud bo‘lishi mumkin

"Yaqinda Venada bo‘lganimda, Parij bitimi normalariga amal qilish masalasida bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazdim. Biz bugun bu borada ulkan ishlarni amalga oshirapmiz. Xususan, bugun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan muzokara olib bordik. YeTTB O‘zbekiston gaz-transport tizimining bir qismini modernizatsiya qilishga tayyorligini bildirdi. Sal oldin Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston gaz-transport tizimini modernizatsiya qilish ishlarini moliyalashtirishini e’lon qilgandi. Bundan tashqari, kelgusi haftada yaponiyalik hamkasblarimiz bilan gaz-transport tizimini kompleks modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirganmiz", - dedi O‘zbekiston energetika vaziri. 

Sultonovning ta’kidlashicha, O‘zbekistondagi gaz-transport tizimida eski tipdagi dvigatellar ishlatilib kelinayotgani bois, katta yo‘qotishlar, atmosferaga yirik miqdorda angidrid gazi tashlanmalari ro‘y bermoqda. Shu uchun, barcha kompressorlarni zamonaviy tipdagilariga almashtirishga qaror qilingan.

Vazirning aytishicha, bu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha dastur ijrosiga 5-10 yil vaqt va katta miqdorda mablag‘ ketadi.

To‘raqo‘rg‘on IESda birinchi gaz trubinasi ishga tushdi

Ammo bugun moliyaviy institutlar O‘zbekistonga boshqacha nazar bilan qaray boshlaganlar. "Shu bugun YeTTB bilan bu kabi loyihalarni uchun moliyalashtirish uchun masblag‘larni suveren kafolat bermasdan taqdim etish masalasini ko‘rib chiqdik. YeTTB hech qachon shu paytgacha bizga bunday takliflarni aytmagan", - dedi u. 

Eslatib o‘tamiz, iqlim bo‘yicha Parij bitimini O‘zbekiston 2017-yilning 19-aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida imzolagan. Parij bitimi iqlim o‘zgarishi, 2020-yildan atmosferada bug‘xona gazlari miqdorini kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlarni tartibga solish bo‘yicha BMTning dastlabki konvensiyasi doirasida qabul qilingan hujjat hisoblanadi.

Bitimdan ko‘zlangan maqsad haroratning global o‘sishini Selsiy shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 2°C darajadan past holatda ushlab turish va harorat o‘sishi Selsiy shkalasi bo‘yicha 1,5 darajada cheklanishi uchun sa’y-harakatlarni ishga solish bilan izohlanadi.