Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Tayinlovga qadar Ulug‘bek A’zamov O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga muvofiq Ulug‘bek A’zamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Ulug‘bek A’zamov 1981-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2002-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini “Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar Ulug‘bek A’zamov O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.