Shoygu o‘zbek harbiylarini taqdirladi

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari ishtirokchilarini taqdirladi. Uch nafar o‘zbekistonlik harbiylar ham mukofotga loyiq deb topildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari ishtirokchilarini taqdirladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Podpolkovnik Marat Zaripov, serjant G‘ayratjon Donayev va oddiy askar Nurbek Ismoilov "Za ukreplenie boyevogo sodrujestva" medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Pokiston va Hindiston harbiylari ham medal bilan taqdirlandi.

Bahodir Qurbonov samolyoti Orenburgdagi harbiy aerodromga qo‘ndi

Bu yilgi “Markaz – 2019” strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlarida O‘zbekiston harbiy kontingenti ham ishtirok etmoqda. Ushbu mashg‘ulotda Markaziy Osiyo mintaqasida xalqaro terrorizmga qarshi kurashish vazifalarini hamkorlikda bajarish bo‘yicha kompleks mashqlar amalga oshiriladi. Unda O‘zbekiston vakillari Tojikiston harbiylari bilan birgalikda shartli ravishda o‘z milliy hududlarida harakat qiladi.