Peterburgda o‘zbekistonlik joniga qasd qilishini yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ikki noma’lum shaxs qottillik maqsadi bilan O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan va bir necha marta pichoq bilan jarohatlab voqea joyidan yashiringan.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi 2019-yil 17-sentabrga o‘tar kechasi mazkur shahrida gaz baloni va pichoq bilan qurollangan ikki noma’lum shaxs qottillik maqsadi bilan O‘zbekiston fuqarosi A.T.ga hujum qilgani va bir necha marta pichoq bilan jarohatlab voqeadan joyidan yashiringani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Peterburgda o‘zbekistonlik jasadi topilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

TIV xabariga ko‘ra, A.T. shifoxonaga joylashtirilgan. Uning holati o‘rtacha og‘irlikda deya baholanmoqda.

Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh konsulxona mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va fuqaro muolaja olayotgan tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.