Bahodir Jalolov zarbidan nokautga uchragan amerikalikning ahvoli qanday

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov u bilan bo‘lgan jangdan so‘ng shifoxonaga tushgan raqibi amerikalik bokschi Richard Torres holidan xabar oldi.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov u bilan bo‘lgan jangdan so‘ng shifoxonaga tushgan raqibi amerikalik bokschi Richard Torres holidan xabar oldi. Bu haqda sportchi o‘z instagramida ma’lum qilgan.

“Bizning raqibligimiz faqat ringda, hayotda biz aka-ukamiz, bir maqsad sari yo‘lda do‘stmiz. Allohga shukur sog‘lig‘i joyida!”, - deya yozgan Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida eng og‘ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov amerikalik bokschi Richard Torresni nokautga uchratgan edi. Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushgan edi.