TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Yamaykalik erkak tvitterda o‘z nikoh to‘yidan fotosuratlarni e’lon qildi. Noodatiy rakurs tufayli kelinning tos qismi juda katta ko‘rinib qolgan.
Erkak ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishgan shodiyona kun suratida u o‘z turmush o‘rtog‘i bilan bo‘sh stullar orasida suratga tushgan.
"Yamaykada to‘y vaqtida boshlangan bir holat", - deya hazil qilgan post muallifi, marosimga yoppasiga kech qolgan bemalolxo‘ja mehmonlarni nazarda tutib.
Ammo foydalanuvchilarning aksariyat qismi kelinning ajabtovur holatiga e’tibor qaratishdi - ularga kelinning tos qismi beso‘naqay keng ko‘ringan.
E’tibor bilan qaragan odam, kelin yonginasida to‘y libosi rangiga o‘xshash libosda bukilgan qiz turganini ko‘rishi mumkin.
"Fotosuratda ikkita ayol borligini tushunish uchun bir necha soniya yetarli bo‘ldi", - deb yozgan mnkybrf nikli foydalanuvchi.
"Xotinjonning bamperi ham bor ekanda", — deb yozgan BrandoAttacks.
"Faqat izohlarni o‘qib, bu kadr rakurs tufayli bo‘lganini tushundim, shov-shuvga hojat yo‘q", — deb yozgan Paulinelulu83.
"Aka, men bu rasmda kelinning orqasi shundaymi. debman", — deb yozgan PlantBasedKaysh.
Izoh beruvchilar orasida, antiqa ko‘rinishi uchun kelinni otga o‘xshatganlar ham topilgan.