Aripov: AES loyihasini amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qilamiz

Hukumatlararo muloqotning birinchi kunida energetika vazirlarining deklaratsiyasini qabul qilish va imzolash kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOMIH), mintaqa davlatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti va Energetika investitsion forumi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mirziyoyev atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida qonunni imzoladi

Forumi doirasida energetika sohasidagi dolzarb masalalarni hal etish uchun mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Tadbir mavzusi bo‘yicha Xalqaro energetika agentligi (XEA), Xalqaro energetika kengashi, dunyoning yetakchi kompaniyalari rahbarlarining chiqishlari rejalashtirilgan.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning nutqi energetika  vaziri Alisher Sultonov tomonidan o‘qib eshittirildi.

Aripov o‘z nutqida mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash maqsadida xalqaro tajriba, texnologiya rivojlanish tendensiyasi, energetika tarmoqlarini rivojlantirishning turli xil variantlarini o‘rganib chiqib, O‘zbekiston o‘z atom energiyasini ishlab chiqarishga qaror qilganini qayd etgan.

“Xalqaro atom energiyasi agentligining to‘la huquqli a’zosi sifatida O‘zbekiston ushbu loyihani amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qiladi”, - degan Aripov.

Birinchi marta o‘tkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti mamlakatlar va kompaniyalarni birlashtiradi hamda ushbu hududning energetik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ishonchli elektr ta’minoti aholi farovonligi uchun zarur bo‘lish bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Va ushbu maqsadga erishish MOMIH energetika vazirlarining  umumiy vazifasi hisoblanadi.

Lixachov: xalqaro atom loyihalar O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga qo‘shimcha impuls beradi

Energetika investitsion forumida (EIF) unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etish masalalarini muhokama etadilar.

EIF-2019 investorlarga o‘tish davridagi tez o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga  moslashishga yordam beradi,  hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini rag‘batlantiradi.

Forum doirasida shuningdek, OTB MOMIH birinchi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalchilar o‘z biznes g‘oyalarini “TedTalk” formatida namoyish etishadi.