O‘zbekistonlik raqibidan nokautga uchragan bokschi shifoxonaga tushdi

Bahodir Jalilovdan nokautga uchragan amerikalik bokschi jangdan keyin shifoxonaga tushdi. U tez yordam mashinasigacha o‘z oyog‘i bilan yurib borgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Kecha Yekaterinburgda o‘zbekistonlik Bahodir Jalolovdan nokautga uchragan amerikalik bokschi Richard Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushib qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

O‘zbekistonning 5 nafar bokschilari yarim finalga chiqdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Torres jangdan so‘ng o‘z oyog‘i bilan tez yordam mashinasigacha yetib borgan va unda Yekaterinburg klinikalaridan birga olib borilgan.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining eng og‘ir 91+ kg vazn toifasida ishtirok etmoqda. Kecha o‘zbekistonlik bokschi chorak final bahsi uchun amerikalik bokschi bilan ringga chiqqan edi. Bahodir Jalilovning to‘liq ustunligida o‘tgan jang 1 raunddayoq nokaut bilan yakunlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan chorak final bahslarida besh nafar o‘zbekistonlik bokschilar yarim final yo‘llanmasini olishdi: 52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov, 57 kg - Miraziz Mirzahalilov, 69 kg - Bobousmon Baturov, 81 kg - Dilshodbek Ro‘zmetov va +91 kg - Bahodir Jalolov.