Har kuni cho‘milish shartmi – shifokorlar javobi

Shifokorlar har kun cho‘milish shart emasligini ma’lum qilishdi. Ular o‘z fikrlarining tasdig‘i sifatida qator sabablarni sanab o‘tishdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Dermatolog shifokorlar har kun cho‘milish shart emasligini ma’lum qilishdi. Bu sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin. Ular o‘z fikrlarining tasdig‘i sifatida qator sabablarni sanab o‘tishdi. Bu haqda GQ jurnalida maqola chop etildi.

Salomatlikka ziyon yetkazmasdan qancha tuz iste’mol qilish mumkin - olimlar tadqiqoti

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi zamon kishilarining har kun cho‘milishlariga hojat yo‘q, chunki ular og‘ir jismoniy ishlarni bajarishmaydi. Qolaversa, tez-tez dush qabul qilish infeksiya xavfini oshiradi. Issiq suv terini o‘ta quritib yuboradi va yorilishiga olib keladi. Sovun esa foydali bakteriyalarni yo‘q qilishi mumkin.

Yuvinishni niyat qilganlarga 10 daqiqadan ortiq hammomda qolib ketmaslik tavsiya qilinadi. Shifokorlarning ta’kidiga ko‘ra, issiq vanna yurak xurujini keltirib chiqarishi mumkin.

Shifokorlarning ishontirib aytishicha, tanani toza saqlash uchun har kuni libos va ichki kiyimni almashtirib turishning o‘zi kifoya.