Toshkentda daraxt kesildi: hokim zudlik bilan chora ko‘rdi

Mirzo-Ulug‘bek tumani Yalang‘och massivida qurilayotgan bino rahbari tegishli ruxsatnomalarsiz daraxtlarni kesib tashlagan.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Toshkentda daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

IIBB xabariga ko‘ra, internet tarmog‘ida Toshkentning bir nechta tumanlarida daraxtlar arralanayotganligi to‘g‘risidagi xabar tarqalgandan so‘ng Toshkent shahar hokimi tomonidan zudlik bilan choralar ko‘rilgan.

Toshkent hokimi noqonuniy daraxt kesuvchilarni tutib oldi

Mutasaddilar tekshiruv o‘tkazib, natijada ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar tuzgan.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Mirzo-Ulug‘bek tumani Yalang‘och massivida qurilayotgan bino rahbari O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilmagan va daraxtlarni kesishga ruxsat olmagan.

Toshkentda daraxt kesildi: hokim zudlik bilan chora ko‘rdi

Ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 161-moddasi (“Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.