Tadbirkor Namangandagi maktabga 25 ta zamonaviy televizor sovg‘a qildi

Ta’kidlanishicha, himmatpesha tadbirkor o‘z ismini oshkor etishni zarur deb bilmagan. Uning tuhfasidan maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda pedagogik jamoaning barchasi birdek mamnun bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Tadbirkor Namangan shahridagi 80-umumta’lim maktabiga 25 ta zamonaviy televizor sovg‘a qildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.

80-umumta’lim maktabida 1138 nafar o‘quvchi ta’lim oladi, ularga 66 nafar ustoz-muallim dars beradi. Televizorlar maktabdagi barcha 24 ta sinf hamda ma’naviyat xonasiga o‘rnatilgan.

Ta’kidlanishicha, himmatpesha tadbirkor o‘z ismini oshkor etishni zarur deb bilmagan. Uning tuhfasidan maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda pedagogik jamoaning barchasi birdek mamnun bo‘lgan.