Belarusda oshqovoqning “dodasi” yetishtirildi – video

Belarusda og‘irligi 450 kg bo‘lgan oshqovoq yetishtirildi. Uni tomorqadan boshqa joyga olib borish uchun kran chaqirishga to‘g‘ri keldi.
Sputnik

Grodno shahrida istiqomat qiluvchi  Sergey Gavranin bir necha yildan buyon gigant oshqovoqlarni yetishtirishga qiziqib keladi. Bu safar uning hosili mo‘l bo‘ldi. Axir u yetishtirgan bir dona oshqovoqning og‘irligi  450 kgni (qariyb yarim tonna) tashkil etdi.

Uni tomorqadan boshqa joyga olib borish uchun kran chaqirishga to‘g‘ri keldi.