TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Hindistonning Sagar (Madha-Pradesh shtati) shahrida istiqomat qiluvchi erkakning boshida o‘sib chiqqan “iblis” shoxi olib tashlandi. Shoxning uzunligi 10 santimetrdan ziyod bo‘lgan, deya yozadi Daily Mail.
Nashr ma’lumotlariga qaraganda, o‘simta erkakning boshida taximinan besh yil ilgari qattiq zarbadan so‘ng paydo bo‘lgan.
Hindistonda “suv parisi” ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga keldi – foto
Erkakning o‘zi uning “shoxi” unga qiyinchilik tug‘dirmaganini bildirgan. U sartaroshdan uni arralab qisqartishni so‘ragan. Biroq o‘simta o‘sishda davom etgan va u shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Hindistonda 7 yoshli bolaning 526 ta ortiqcha tishi olib tashlandi – video
Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tgan va hozirda bemorning ahvoli yaxshi.