Ruhoniy: Saudiya va AQSh Yamanni vayronaga aylantirishdi, o‘zlariga zarba bersa - yoqmaydi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlarda Yamanni emas Eronni ayblab uning neft konlariga zarba berishni taklif qilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Saudiya Arabistoni, AQSh va yana bir necha davlatlar Yamanga birinchi bo‘lib zarba berishdi, Yaman zarba berganda,  ular dod solishga tushmoqda, dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Saudiya neft konlariga berilgan zarba haqida, RIA Novosti xabariga asosan. 

“Saudiya Arabistoni, BAA, AQSh, bir necha Yevropa mamlakatlari va istilochi sionist rejimi hududda urush boshlab Yamanni vayronaga aylantirishgan edi. Yamanliklar esa maktab, shifoxona yoki bozorlarga zarba berayotgani yo‘q, ular ogohlantirish maqsadida ishlab chiqarish markaziga zarba berishdi”, - dedi Ruhoniy.

Eron rahbarining fikriga ko‘ra, ushbu mamlakatlar bundan kerakli xulosa chiqarib, hududda urush olovini o‘chirishlari kerak.

Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini kamaytirdi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni Saudiya Arabistoni o‘zining yirik konlariga uchuvchisiz apparatlar yordamida zarba berilganini va buning oqibatida Saudiya kunlik qazib olinayotgan neft hajmini 50%ga tushirishga majbur bo‘lganini xabar qilgan edi.

Ushbu hujumdan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo hujumlarda Yamanni emas Eronni ayblab, uning neft konlariga zarba berishni taklif qilgan edi.