O‘zbekistonda yangi harbiy unvonlar joriy etildi

Shuningdek, o‘qish davomiyligi 5-yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun “leytenant” harbiy unvonini olish uchun xizmat muddati 1-yil etib belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, endilikda yosh harbiy xizmatchilarga yuqori darajali kasbiy sifatlarga ega bo‘lgan, tayyorgarligi eng yaxshi harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari orasidan murabbiylar biriktiriladi.

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi

Shu bilan birga, quyidagi harbiy unvonlar joriy etildi:

- “III darajali serjant” - 3-yil;

- “II darajali serjant” - 4-yil;

- “I darajali serjant” - 5-yil.

Shuningdek, o‘qish davomiyligi 5-yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun “leytenant” harbiy unvonini olish uchun xizmat muddati 1-yil etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilgani xabar qilingan edi.