O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-19 Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

Kelasi 2020-yilning 14 - 31-oktabr kunlari O‘zbekistonda U-19 Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘zbekistonlik futbol muxlislari uchun ajoyib yangilik – mamlakatimiz kelasi yili bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

“Bugun Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo‘mitasining ilk yig‘ilish o‘tkazildi va unda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma’qullandi. Shu tariqa, mamlakatimiz o‘z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

U-19 Osiyo chempionati-2020 bahslari taqvimga ko‘ra, kelasi yilning 14-31 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.