Ucellning Megafon tomonidan sotib olingani tasdiqlanmadi 

Ucell Rossiyaning Megafon kompaniyasi tomonidan sotib olingani haqidagi xabarlar hozircha tasdiqlanmadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Ucell kompaniyasi Rossiyaning Megafon kompaniyasi tomonidan sotib olingani haqidagi xabarldar tasdiqlanmadi. Bu haqida  kompaniya matbuot kotibi Baxtiyor Nasimov Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda xabar qildi.

Ucell kompaniyaci direktori sof o‘zbek tilida maktab o‘quvchilariga murojaat qildi

Biroz oldin mahalliy nashrlarda, kompaniya ichki manbaalariga asoslangan holda Ucell kompaniyasi Megafon tomonidan sotib olingani va u yerda allaqachon qayta jihozlash ishlari boshlab yuborilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ana shunday xabarlar birinchi marotaba paydo bo‘layotgani yo‘q. 2017-yilning oktabr oyida ham biznesmen Alisher Usmonov ushbu kompaniyani sotib olishi mumkin degan xabarla paydo bo‘lgan edi.

Ucell abonentlarga qulay bo‘lishi uchun 35 tiyindan voz kechdi

Ucell brendi O‘zbekistonda ilk bor 2008-yilda paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Shvetsiyaning TeliaSonera kompaniyasi mahalliy Coscom operatori asosida yangi brend yaratgan edi. Bugun kompaniya abonentlari soni 7,1 milliondan oshdi. 2018-yilda TeliaSonera Ucellni qarzlari bilan birga O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga 215 million dollarga sotgan edi. 

Megafon – Rossiyaning eng yirik uyali aloqa operatori bo‘lib bugungi kunda unga Rossiya mobil aloqa bozorining 30 %dan ortig‘i to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga kompaniya Rossiya hududida eng birinchilardan bo‘lib 4G aloqa standartiga o‘tib eng yuqori tezlikda internet xizmati ko‘rsata boshlagan edi.