Rulda uxlab qolgan haydovchi ikki piyodani urib yuborib, umriga zomin bo‘ldi

Andijonlik 24 yoshli fuqaro “Lacetti” mashinasini “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 126-km.da boshqarib ketayotib, uxlab qolgan. Oqibatda esa yo‘l chetiga chiqib ketib ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 cyen – Sputnik. Toshkent viloyatida haydovchining rulda uxlab qolishi ikki piyodaning umriga zomin bo‘ldi.

Toshkentda “Matiz” haydovchisi urib yuborgan yo‘lovchi vafot etdi

IIV xabariga ko‘ra, 15-sentabr kuni andijonlik 24 yoshli R.R.  fuqaro “Lacetti” rusumli avtomashinasini Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Oybuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 126-km.da boshqarib ketayotib, uxlab qolgan. Oqibatda esa yo‘l chetiga chiqib ketib piyodalar, Bo‘ka tumanida yashaganlar 36 yoshli O‘.A. va 34 yoshli Sh.N.larni urib yuborgan.

“Natijada O‘.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Sh.N. kasalxonaga yotqizilgan hamda ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.