Narbayeva: Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga qat’iy qaror qilganmiz

O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Davlat dumasi raisining Senatga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida Senat raisi Tanzila Narbayeva bilan parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash masalasini muhokama etdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston — Rossiya: vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik va parlamentlararo yaqin hamkorlik

Narbayeva o‘z chiqishida avvalo Vachevlav Volodin va delegatsiya ishtirokchilariga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Senati raisiga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar ko‘plab sohalarga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qolaversa, ko‘pqirrali munosabatlarning mustahkamlanishi nafaqat parlament yoki Hukumat rahbarlari manfaatlariga xizmat qiladi, balki O‘zbekiston va Rossiya xalqlari irodasini ifodalaydi.

"Asrlar davomida bizlarni do‘stlik rishtasi bog‘lab keldi. Asrlar davomida biz o‘zaro bir-birimizga yordam qo‘lini cho‘zib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab kelganmiz", - dedi Narbayeva. 

Senat raisining aytishicha, ushbu tashrif parlamentlararo aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

"Prezidentlarimiz bizning oldimizga qo‘ygan ustuvor vazifalarni bajarishga ulgurmayapmiz. Munosabatlarimizni yanada mustahkamlashimiz kerak. O‘zbekiston tomoni Rossiya bilan parlamentlararo aloqalarni barcha yo‘nalishlarda mustahkamlashga qat’iy qaror qilgan", - dedi o‘z so‘zi yakunida O‘zbekiston Senati raisi.