Kurashchi Rustam Assakalov JChda bronza medalni qo‘lga kiritdi

Nur-Sulton shahrida davom etayotgan yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempionatida Rustam Assakalov bronza medali uchun kurash olib bordi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Nur-Sulton shahrida davom etayotgan yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston vakili Rustam Assakalov bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar qildi.

Ikki nafar o‘zbekistonlik kurashchi JCh yarim finaliga chiqdi

-87 kilogramm vazn toifasida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan Rustam Assakalovga qirg‘izistonlik Atabek Azizbekov raqiblik qildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv Assakalovning g‘alabasi bilan yakunlandi

Eslatib o‘tamiz, kecha Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumush medaliga sazovor bo‘lib, terma jamoaning musobaqadagi birinchi medaliga mualliflik qilgan edi. Rustam Assakalov qo‘lga kiritgan medal yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempionatidagi O‘zbekistonning ikkinchi medali bo‘ldi.